Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatida yuzlab uylar suv ostida qoldi
18-avgust kuni sel kelishi oqibatida Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyatining janubiy va shimoliy qismini suv bosdi. Bu haqda “24.kg” xabar bermoqda.
Jeti-Oguz tumanidagi Kizil-Suu qishlog‘ida Chon-Kizil-Suu daryosi qirg‘og‘idan toshib, qo‘y qo‘rasini suv ostida qoldirgan. Bundan tashqari, Saruu qishlog‘ida sel oqimlari trassani qoplab olib, avtomobillar o‘tishini qiyinlashtirgan.
Issiqko‘lning shimoliy sohillarida esa sel oqimlari Bulan-Sogotu, Korumdu, Temirovka qishloqlarini va “Issiqko‘l Avrora” pansionati hududini qoplagan — mahalliy aholining yuzlab hovli-joylari suv ostida qolgan.
Voqea joyiga 80 dan ortiq qutqaruvchi, uchta motopompa, uchta ekskavator, to‘rtta yuk ortgich mashina va bitta bulldozer yuborilgan. Issiqko‘l viloyatida sel oqibatlarini bartaraf etish uchun jami 300 dan ortiq odam jalb etilgan.
Sharhlar