Istanbuldagi kafeda bolalar o‘rtasidagi janjal tufayli otishma yuz berdi, uch kishi halok bo‘ldi
Istanbulning Uskudar tumanida 23-may kuni otishma yuz berdi, oqibatda uch kishi halok bo‘lib, yana besh kishi yaralandi, deb xabar beradi Anadolu.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, kafeda ikkita oila a’zolari o‘rtasida nizo kelib chiqqan, bunga ularning farzandlari orasidagi janjal sabab bo‘lgan. Bahslashuv otishmaga aylanib ketgan. Jabrlanganlarning ikki nafari og‘ir yaralangan. Voqea joyiga politsiyachilar va tez yordam yetib kelgan, kafe yaqinidagi ko‘cha yopilgan. Tumanga tezkor javob ko‘rsatish kuchlari va tergovchilar ham yuborilgan.
Prokuratura voqea yuzasidan surishtiruv olib bormoqda. Yaradorlar kasalxonaga yotqizilgan. Qarindoshlarning ba’zilarida ruhiy holat yomonlashgan, ularga yordam ko‘rsatilgan.
Sharhlar