Makron Fransiya hukumati iste’fosini qabul qildi
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 16-iyul kuni hukumat rahbari Gabriel Attal va uning vazirlar mahkamasining iste’fosini qabul qildi, deb yozadi DW. Biroq yangi vazirlar mahkamasi tayinlanguniga qadar, hozirgi hukumat o‘z ishini davom ettiradi.
“Bu davr iloji boricha tezroq tugashi uchun, respublika siyosiy kuchlari qo‘lni-qo‘lga berib ishlashi hamda fransuz xalqi manfaatlariga to‘g‘ri keladigan loyihalar va yechimlar atrofida yagona front yaratishi kerak”, — deyiladi Yelisey saroyi bayonotida.
Fransiya bosh vaziri Attal parlament saylovi natijalari ma’lum bo‘lganidan keyin ko‘p o‘tmay, 8-iyul kuniyoq iste’fo haqida ariza bergan edi. O‘shanda prezident Makronning markazchialr bloki ikkinchi o‘rinni egallab, Milliy majlisda ko‘pchilik o‘rinni qo‘ldan boy bergan edi. Ammo Fransiya prezidenti Atta;ning arizasini rad etgan edi.
Saylovda “Yangi xalq fronti” so‘l koalitsiyasi birinchi o‘rinni egalladi va 182 ta deputatlik mandatini qo‘lga kiritdi.
Sharhlar