Iste’foga chiqqan nemis vazirlari 243 ming yevrogacha maosh olishlari mumkin
Iste’foga chiqqan Germaniya vazirlari 243 ming yevrogacha tovon puli olishlari mumkin. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.
Germaniyada federal vazirlar iste’foga chiqqanda yoki ishdan bo’shatilganda, xuddi moliya vaziri Kristian Lindner bilan bo’lgani kabi, ular “o’tish” nafaqasi olish huquqiga ega. Siyosatchilar bunday to’lovlarni qancha oylik lavozimda bo’lsa, shuncha oy oladi. Nafaqa ish haqini o’tkazish to’xtatilgan paytdan boshlab to’lanadi va yangi ish topgandan keyin to’lovlar kamayadi.
Germaniya hukumatini Moliya vazirligi rahbaridan tashqari, Adliya vaziri Marko Bushman va ta’lim vaziri Bettina Stark-Vatsinger ham tark etishdi, ular ham Erkin demokratik partiya (FDP) vakili.
Soliq to’lovchilar ittifoqiga ko’ra, vazirlar oyiga 18 ming yevrodan ozroq maosh oladi. Ishdan bo’shatilgan vazirlar o’z lavozimlarida ikki yildan ortiq ishlagani uchun ularga boshqa daromad manbalarini hisobga olmaganda, taxminan 243 ming yevro miqdoridagi maksimal nafaqa to’lanishi mumkin.
Bir kun avval Germaniya kansleri Olaf Shols hukmron partiyalar raislari va ularning parlamentdagi fraksiyalari rahbarlarini o‘z ichiga olgan koalitsiya qo‘mitasidagi mojaro avj olganidan so‘ng Lindnerni ishdan bo‘shatgan edi. Shundan so’ng hukmron FDP partiyasi quladi.
Sharhlar