ISW: Kreml Tramp inauguratsiyasi oldidan Ukraina bilan muzokaralar o‘tkazish shartlarini ilgari surmoqda
Kreml Donald Trampning bo‘lajak inauguratsiyasi fonida Ukraina bilan potentsial tinchlik muzokaralari shartlarini belgilashga faol harakat qilmoqda, deya xabar beradi Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW).
Tahlilchilarga koʻra, Kreml hamon Ukrainaning toʻliq taslim boʻlishini taʼkidlab kelmoqda va muzokaralardan oʻz manfaatlarini himoya qilish yoʻli sifatida foydalanmoqda. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarovaga koʻra, Gʻarbning Kiyevga harbiy yordami toʻxtagan taqdirdagina tinchlik oʻrnatish mumkin. TIV rahbari Sergey Lavrov ham Trampning kelishi AQShning Ukrainaga munosabatini o‘zgartirmasligini ta’kidladi.
Bu bayonotlar Vladimir Putinning Vashington bilan munosabatlarni tiklashga tayyorligini namoyish etishga urinishlariga putur yetkazadi. ISWning fikricha, Kreml AQShning yangi maʼmuriyati oʻz tarafidan oʻzaro qadamlar qoʻymasdan, imtiyozlarga umid qilmoqda.
Sharhlar