ISW: Rossiya qo’mondonligi uzoq muddatli hujum operatsiyalariga tayanmoqda

Фото: DW

Amerika urushni oʻrganish instituti (ISW) 30-iyun kungi kunlik sharhida Rossiya harbiy qoʻmondonligi yirik natijalarga erishgan keng koʻlamli hujumlar oʻrniga, bosqichma-bosqich taktik muvaffaqiyatlarga ega boʻlgan uzoq muddatli hujum operatsiyalarini afzal koʻrishini maʼlum qildi.

Mutaxassislarning fikricha, Vladimir Putin uzoq davom etadigan urushga umid qilmoqda va bu uning Ukraina hududlarini bosib olish imkoniyatlarini oshiradi, deb hisoblaydi. Putinning strategiyasi – belgilangan muddatlarsiz asta-sekin olgʻa borish.

Bu yondashuv, ISW ma’lumotlariga koʻra, Putinning Ukraina armiyasi uning oldinga siljishini toʻxtata olmaydi yoki samarali qarshi hujumlar oʻtkaza olmaydi, degan fikriga asoslanadi.

Zelenskiy: G‘arb Ukrainaning to‘liq g‘alabasidan qo‘rqadi

ISW ekspertlarining ta’kidlashicha, Gʻarb Ukraina Qurolli Kuchlarini (UQK) qarshi hujum uchun zarur boʻlgan barcha narsalar bilan ta’minlashni tezlashtirishi kerak. Bu bayonotni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning yaqinda bergan intervyusi tasdiqlaydi, unda u G‘arb Rossiyadagi mumkin bo‘lgan beqarorlik tufayli Ukrainaning to‘liq g‘alaba qozonishidan qo‘rqadi, degan fikrni bildirdi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning bu pozitsiyasi Putinga Ukrainaning yangi hududlarini bosib olishda davom etish imkonini beradi. Ukraina prezidenti ogohlantirdiki, Rossiyaning har qanday oldinga siljishi Putin pozitsiyasini mustahkamlaydi, u Ukrainaga qarshi keyingi tajovuzga tayyorgarlik ko‘rish uchun qulay vaqtda sulhga erishish uchun foydalanishi mumkin.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.