Italiya Ukrainaga uzoqqa zarba beradigan Storm Shadow raketalarini berishni rejalashtirmoqda

Фото: Википедия

Italiya Ukrainaga uzoq masofaga zarba beradigan Storm Shadow raketalarini berishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Fatto Quotidiano manbalarga tayangan holda.

Nashrning qayd etishicha, bu qaror Italiya hukumati pozitsiyasi o‘zgarganidan dalolat beradi. Bosh vazir Jorji Meloni saylov kampaniyasi davomida bunday yetkazib berishlar haqida e’lon qilmagandi, chunki mavzu jamiyatda “unchalik ommabop” emasdi.

Gazetaning yozishicha, Samp-T havo mudofaa tizimini ham o‘z ichiga olgan yangi yordam paketi iyun oyi oxirigacha yetkaziladi. Italiya mudofaa vazirligi hozircha ma’lumotga izoh bermadi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.