Italiyada o‘qituvchilarga nisbatan zo‘ravonlik uchun maktab o‘quvchilari 10 ming yevrogacha jarimaga tortiladi
Chorshanba kuni Italiya parlamenti ta’lim to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi, unda boshqalar qatori Mussolini hukumati tomonidan 1924-yilda joriy etilgan va 2000 yillarda bekor qilingan xulq-atvor uchun baholar qaytarilgan, deb yozadi “Meduza”.
Xulq-atvor 10 ball bilan baholanadi. Besh yoki undan kam ball to‘plagan o‘quvchilar ikkinchi yilga qoldiriladi. Xulq-atvor bahosi yakuniy imtihon natijasiga ham ta’sir qiladi.
Bundan tashqari, maktab xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik uchun 500 yevrodan 10 ming yevrogacha jarima joriy etildi.
The Guardian nashrining yozishicha, bu o‘quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan maktab xodimlariga tajovuzlar sonining ko‘payishiga nisbatan ko‘rsatilgan javob reaktsiyasi: 2024-yilda bunday holatlar 2023-yilga nisbatan ikki baravar ko‘paygan. O‘quvchilar ko‘pincha darsda o‘qituvchilar bilan mobil telefonlardan foydalanish sababli nizoga borgan.
Sharhlar