Turkiyaning Izmir shahrida ko‘p qavatli uyda portlash yuz berdi, 5 kishi halok bo‘lib, 57 kishi jabrlandi

Foto: Anadolu agentligi

Turkiyaning Izmir shahrida ko‘p qavatli uyning restoran va novvoyxona joylashgan birinchi qavatida portlash yuz berdi. Oqibatda besh kishi halok bo‘lib, 57 kishi jabrlandi. Bu haqda “Anadolu” Izmir viloyati gubernatori Sulaymon Elbanga tayanib xabar bermoqda.

Jabrlanganlar tibbiy muassasalarga joylashtirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, maishiy gaz balloni portlagan. Portlash sodir bo‘lgan ko‘p xonadonli uydan tashqari, yaqin atrofda joylashgan yana o‘nta uyga ham zarar yetgan.

Portlash kunduzi soat taxminan uchda yuz bergan. Nafaqat birinchi qavatdagi restoran va novvoyxona, balki bino fasadi va yuqoriroq qavatdagi xonadonlar ham kuchli zarar ko‘rgan. Qo‘shni binolar derazalari sinib ketgan. Ayni paytda surishtiruv olib borilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.