Jahon yetakchilari Trampni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklamoqda
Italiya bosh vaziri Giorgia Meloni Donald Trampni tabriklar ekan, Qo‘shma Shtatlar va Italiyani “umumiy qadriyatlar va do‘stlik bog‘lagan”ligini ta’kidlagan.
Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen esa Trampni, umumiy kun tartibi ustida ishlashga chaqirgan.
Tabriklarga NATO Bosh kotibi Mark Rutte ham qo‘shilib Tramp rahbariyati alyansni mustahkamlashini aytdi.
Polsha prezidenti Anjey Duda va Gruziya bosh vaziri Irakliy Kobaxidze Tramp rahbariyati tinchlik va munosabatlarning tiklanishiga hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.
Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Trampning g‘alabasini “tarixiy qaytish” deb atadi, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on esa Trampni “do‘st” deb tilga olib, Ukrainada tinchlik o‘rnatishga va’da berganini esladi.
Sharhlar