Nigeriyada jangarilar 150 dan ortiq kishini o‘g‘irlab ketdi
Nigeriyaning markaziy Niger shtatidagi Kuchi qishlog‘iga jangarilar hujum qildi, oqibatda sakkiz kishi o‘ldirilib, 150 dan ortiq odam o‘g‘irlab ketildi, deb yozadi DW.
Okrug ma’muriyati rahbari Aminu Najume ma’lum qilishicha, hujum qilgan shaxslar qo‘shni Kaduna shtatidan taxminan 100 ta mototsiklda kirib kelgan, ularning har birida uchtadan odam bo‘lgan. Mahalliy mansabdor Nigeriya huquq-tartibot organlarini tanqid qildi, ular uch soat davom etgan hujum chog‘ida qishloq aholisiga yordamga yetib kelmagan.
AFP’ning BMTdagi manbasi ham Kuchidan o‘g‘irlab ketilganlar sonini taxminan 150 kishi deb baholamoqda. Ammo Nigeriya favqulodda vaziyatlar davlat agentligi 100 dan ortiq kishi, deya boshqacha raqamlarni keltirmoqda.
Nigeriyada faoliyat olib boruvchi “Boko Haram” va “Islom davlatining G‘arbiy Afrikaviloyati” kabi ekstremistik guruhlar odamlarni, shu jumladan, bolalarni o‘g‘irlash amaliyotini keng qo‘llaydi. Nigeriya armiyasi jangarilarga qarshi operatsiyalar o‘tkazadi va ba’zan asirlarni ozod etishga muvaffaq bo‘ladi.
Sharhlar