KXDR o‘z yadroviy qurolini jangovar shaylik holatiga keltiradi
Shimoliy Koreya mamlakatga tahdid soladigan yadroviy davlatlarga qarshi turish uchun o‘z yadroviy qurolini jangovar shay holatga keltiradi, deya ma’lum qildi KXDR yetakchisi Kim Chen In.
“KXDR yadro quroliga ega raqib davlatlar tomonidan har qanday tahdid soluvchi xatti-harakatlarga to‘liq ko‘lamda qarshi turish uchun o‘z yadro kuchlarini og‘ishmay mustahkamlashda davom etadi”, — dedi Shimoliy Koreya yetakchisi.
Kim Chen ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya o‘z harbiy kuchlarini, shu jumladan, yadroviy kuchlarini ham “to‘liq jangovar shaylik”ka keltirish uchun chora-tadbirlarni ikki baravar oshiradi.
KXDRda 2022-yil sentabrida qabul qilingan qonunga ko‘ra, davlat strategik obyektlariga hujum xavfi yuzaga kelgan taqdirda, avtomatik tarzda dushmanga yadroviy zarba bera oladi.
Sharhlar