Janubiy Koreya Kursk oblastidagi janglarda KXDR askarlari qatnashayotganini bildirdi
Shimoliy Koreya qo‘shinlari rossiyalik ittifoqchilari bilan birgalikda Ukrainaga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etdi, deya xabar beradi chorshanba kuni Reuters agentligi Janubiy Koreya Milliy razvedka xizmatiga tayanib.
Seuldan bu tasdiq Pxenyan Ukraina bilan urushda yordam berish uchun Rossiyaning Kursk oblastiga minglab askarlarini jo‘natganidan so‘ng, ikki davlat o‘rtasidagi harbiy aloqalarni mustahkamlash borasidagi global tanqidlar kuchayib borayotgan bir paytda keldi.
“Milliy razvedka xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi ikki hafta ichida Rossiyaga yuborilgan Shimoliy Koreya qo‘shinlari Kursk oblastiga o‘tgan”, — deyiladi agentlik bayonotida.
Ulashish:
Sharhlar