Janubiy Koreya politsiyasi Telegram’da tekshiruv boshladi
Janubiy Koreya politsiyasi Telegram messenjeriga nisbatan jinsiy xususiyatga ega bo‘lgan deepfakkelarning tarqalishiga yordam berganlikda gumon qilib, tergov boshladi, deb xabar berdi Yonhap axborot agentligi.
Ish avgust oyi oxirida politsiyaga koreys ayollarining fotosuratlari va videolaridan foydalangan holda soxta jinsiy kontent yuzasidan kelib tushgan 88 ta shikoyatdan kelib chiqqan. Tergov jarayonida 24 nafar gumondor shaxs aniqlandi.
Biroq Milliy tergov byurosi rahbari Vu Jong Su matbuot anjumanida taʼkidlaganidek, tergov Telegram zarur maʼlumotlarni, jumladan, akkauntlarga oid maʼlumotlarni taqdim etishdan bosh tortgani tufayli qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Tergovni davom ettirish uchun Fransiya tergov organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish rejalashtirilgan.
Avvalroq, 24 avgust kuni Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiyaning Le Burje aeroportida bir qator jinoyatlar, jumladan, rasmiylar so‘roviga ko‘ra ma’lumot berishdan bosh tortish, pul yuvish, giyohvand moddalar savdosi va firibgarlikda gumonlanib hibsga olingan edi. Durov garov evaziga ozod qilindi, ammo unga Fransiyani tark etish taqiqlandi.
Sharhlar