Janubiy Koreya prezidenti mamlakatda harbiy holat e’lon qildi

Фото: Lee Jin-Man / Getty Images

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat joriy etilganini ma’lum qildi, deya xabar beradi “Renxap” Avvalroq u hukumat bilan favqulodda yig‘ilish chog‘ida o‘ziga qarshi impichment jarayonini o‘tkazishga urinishlar haqida ma’lum qilgandi.

Yun Sok Yol buni “mamlakatni KXDR kommunistik kuchlari tahdidlaridan himoya qilish va davlatga qarshi unsurlarga qarshi turish” zarurati bilan asosladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.