Janubiy Koreya prezidenti Yun Sek Yol mamlakatda harbiy holatni bekor qilishga rozi bo‘ldi
Janubiy Koreya prezidenti mamlakat parlamenti qaroridan so‘ng harbiy holatni bekor qilishini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters. Bu vaqtga kelib hukumat harbiy holatni bekor qilishni ma’qullagan edi.
Yun Seok-Yol parlamentning ushbu choraga qarshi ovoz berish natijalarini inobatga olgan holda o‘zi joriy etgan harbiy holatni bekor qilish niyatida ekanini aytdi. Unga ko‘ra, tez orada Vazirlar Mahkamasining majlisi bo‘lib o‘tadi.
Hukmron Fuqarolik hokimiyati partiyasi vakili Xan Dong Xun prezidentning xatti-harakatlari uchun uzr so‘radi.
“Biz hukmron partiya sifatida bunday vaziyat yuzaga kelganidan juda afsusdamiz”, – dedi u.
3-dekabr kuni tushdan keyin Yun Seok Yol muxolifatni Shimoliy Koreyaga ishlaganlikda ayblab, harbiy holat e’lon qildi. U buni parlament byudjet loyihasini tasdiqlashni istamasligi va “impichment” tayyorlayotgani bilan izohladi.
Seulga harbiy texnika kiritildi va parlamentni askarlar to’sib qo’yishdi. Biroq muxolifatdagi Demokratik partiya va hukmron Fuqarolik kuchlarining 190 nafar deputati qonun chiqaruvchi organga kirib, harbiy holatga qarshi ovoz berishga muvaffaq bo’ldi.
Sharhlar