Janubiy Koreya Shimoliy Koreya faoliyatini kuzatish uchun Ukrainaga harbiy mutaxassislarini yuborishi mumkin
Janubiy Koreya Shimoliy Koreya harbiylari faoliyatini nazorat qilish uchun Ukrainaga harbiy mutaxassislarni yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
“Yonhap” agentligi hukumatdagi manbaga tayanib xabar berishicha, janubiy koreyalik mutaxassislar Ukraina Qurolli kuchlariga KXDR harbiylari qo‘lga olinsa, Shimoliy Koreya qo‘shinlarining taktikasini tahlil qilish va tarjima qilishda yordam berishi mumkin.
Bundan tashqari, Janubiy Koreya rasmiylari Ukrainaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda. Manbaning qayd etishicha, Rossiya va KXDR o‘rtasidagi harbiy sohadagi hamkorlikka javob choralari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Ulashish:
Sharhlar