Janubiy Koreya Rossiyaga jo’natilgan Shimoliy Koreya harbiylari tufayli Ukrainaga o’z kuzatuvchilarini yubormoqchi
Janubiy Koreya rahbariyati KXDRdan Rossiyaga harbiylar yuborilishi munosabati bilan Ukrainaga kuzatuvchilar guruhini jo’natish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Reyter agentligi Janubiy Koreya prezidentining ismi oshkor etilmagan vakiliga tayanib xabar berdi.
Prezidentning ismi oshkor etilmagan vakiliga ko‘ra, kuzatuvchilarni yuborish, agar u muayyan maqsad va cheklangan vaqt uchun bo‘lsa, Milliy Assambleyaning roziligini talab qilmaydi.
Shuningdek, u jurnalistlarga KXDR harbiylari “hali Ukraina kuchlariga qarshi to‘laqonli jangovar harakatlarga kirishmaganini” aytdi.
Ulashish:
Sharhlar