Janubiy Koreya Shimoliy Koreyaning transport aloqalarini to‘sib qo‘yish qarorini qoraladi
Janubiy Koreya Birlashish vazirligi Shimoliy Koreyaning chegaradagi barcha avtomobil va temir yo‘llarni to‘sib qo‘yish qarorini qoraladi. Kecha, 9-oktabr kuni KXDR rasmiylari Koreya yarim orolining janubiy qismi bilan transport aloqalarini to‘sib qo‘yish va chegara hududlarida yangi mudofaa inshootlarini qurish rejalarini ma’lum qildi.
“Biz buni fuqarolarimiz va Shimol aholisining birlashishga intilishlariga xiyonat, xalqqa qarshi harakat, birlashishga zid harakat sifatida keskin qoralaymiz”, — deyiladi departamentda.
Vazirlikning qayd etishicha, Pxenyan Seulni yo‘l harakatini to‘sib qo‘yish qarori haqida oldindan xabardor qilmagan. Ular Shimoliy Koreyaning xatti-harakatlariga o‘zining dushmanlik pozitsiyasi tufayli Janubiy Koreya bilan aloqalardan qochish istagi sabab bo‘lganini taxmin qilishdi. Pxenyan bu chora Koreya yarimorolidagi vaziyat yomonlashgani uchun o‘zini-o‘zi mudofaa qilish uchun zarur, deb da‘vo qilmoqda.
Sharhlar