Janubiy Koreyada harbiy holat qo‘mondoni parlament va siyosiy partiyalarning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgani haqida e’lon qildi
Janubiy Koreyada harbiy holat qo‘mondoni Pak An Su parlament va siyosiy partiyalar faoliyati vaqtincha to‘xtatilganini e’lon qildi. Farmonga ko‘ra, belgilangan qoidalarni buzgan har qanday shaxs hibsga olinishi mumkin.
Shuningdek, politsiya parlamentga kirish joyini to‘sib qo‘ygani aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol harbiy holat joriy etilganini ma’lum qilgandi. Yun Sok Yol buni “mamlakatni KXDR kommunistik kuchlari tahdidlaridan himoya qilish va davlatga qarshi unsurlarga qarshi turish” zarurati bilan asoslagandi.
Janubiy Koreyaning muxolifatdagi Demokratik partiyasi yetakchisi Li Chje Myon harbiy holat joriy etilishini konstitutsiyaga zid deb atadi, tarkibiga prezident Yun Sok Yol ham kiruvchi hukmron “Xalq kuchi” partiyasi rahbari Xan Don Xun esa buni “noto‘g‘ri” deb atadi va uni blokirovka qilishga va’da berdi.
Janubiy Koreyaning “Yonhap” axborot agentligi Milliy assambleyaga kirish va chiqishlar blokirovka qilingani va Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi “asosiy qo‘mondonlar” yig‘ilishini chaqirayotgani haqida xabar beradi.
Yangilik to‘ldirilmoqda
Sharhlar