Janubiy Koreyadagi akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchi zavodda yong‘in sodir bo‘ldi. 20 kishi halok bo’ldi
Janubiy Koreyaning Xvason shahridagi “Aricell” litiy-ion akkumulyatorlari zavodida sodir bo‘lgan yong‘in joyida 20 kishining jasadi topildi, deya xabar bermoqda “Yonxap” o‘t o‘chirish xizmatiga tayanib.
Yong‘in oqibatida jami 23 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. O‘t o‘chiruvchilar ulardan 20 nafarining jasadini topganiga ishonishmoqda. Halok bo‘lganlar orasida xorijliklar, jumladan, Xitoy fuqarolari ham borligi taxmin qilinmoqda.
Agentlik taʼkidlaganidek, yongʻin oqibatida yana bir ishchi halok boʻlgani, uch kishi jarohat olgani haqida avval xabar berilgan edi. Hozircha aniq qancha odam halok bo’lgani ma’lum emas.
Xvasondagi “Aricell” zavodida yong‘in mahalliy vaqt bilan taxminan 10:30da (Moskva vaqti bilan 04:30) boshlangan. Mahalliy telekanallar portlash ovozlari eshitilgan yonayotgan zavod tasvirini chop etgan. Taxminlarga ko’ra, batareyalar portlagan, ulardan kamida 35 mingtasi zavod hududida bo’lgan. O‘t o‘chiruvchilar mahalliy vaqt bilan 15:10 (Moskva vaqti bilan 09:10) ga kelib yong‘inni arang nazorat qilib, zavodga yetib kelishgan.
Sharhlar