Muxolifat: Janubiy Koreyadagi harbiy holat Shimoliy Koreyani qo’zg’atishi mumkin
Janubiy Koreyada harbiy holatning joriy etilishi va bekor qilinishi bilan bog‘liq vaziyat KXDRni “qo‘zg‘atishi” va Koreya yarim orolida qurolli to‘qnashuvlarga olib kelishi mumkin. Bu fikrni Toburo demokratik partiyasi raisi Li Chje Myon bildirdi.
“(Davlat rahbari) Shimoliy Koreyani qo’zg’atishi mumkin bo’lgan jiddiy tahdid bor”, – deya xabar berdi uning so’zlarini Yonhap agentligi.
3-dekabr kuni Janubiy Koreya prezidenti Yun Seok Yol respublikada harbiy holat joriy etilganini va keyin Yun Sek Yol mamlakatda harbiy holatni bekor qilishga rozi bo‘lganligi haqida xabar qilgan edik.
Ulashish:
Sharhlar