Janubiy Koreyadagi siyosiy inqiroz sabablari
Janubiy Koreyada shu yil bahorida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida Demokratik partiya Milliy Assambleyadagi 300 o‘rindan 192 tasini qo‘lga kiritdi. Prezidentning “Xalq kuchi” partiyasi saylovlarda qo‘lga kiritgan yirik mag‘lubiyat natijasida ushbu partiya yetakchisi Xan Don Xun iste’foga chiqdi, mamlakat bosh vaziri Xan Dok Su esa iste’fo berdi.
Ommaviy axborot vositalari bahorgi saylovlar ovoz berishni hokimiyatda hali uch yil qoladigan prezident Yun Sok Yolga ishonch masalasi bo‘yicha oraliq referendum sifatida ko‘rish mumkinligini yozadi.
Bi-bi-sining Seuldagi muxbiri Jeyk Kvonning eslatishicha, prezidentning partiyasi parlament saylovlarida mag‘lub bo‘lganidan keyin u o‘zi xohlagan qonunlarni qabul qila olmagan, aksincha, muxolifat tomonidan qabul qilingan har qanday qonunlarga veto qo‘yishi kerak bo‘lgan.
Bu hafta Demokratik partiya hukumat va prezident partiyasi tomonidan taklif qilingan byudjetni qisqartirgan, biroq Yun Sok Yol unga veto qo‘ya olmaydi.
Sharhlar