Isroil tashqi ishlar vaziri Turkiya prezidentining tahdidiga javob qaytardi
Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni Isroilga bostirib kirish oqibatlari haqida ogohlantirdi, deb yozadi DW.
“Erdo‘g‘on Saddam Husaynning izidan borib, Isroilga hujum qilish bilan tahdid etmoqda. U Iroqda nimalar bo‘lganini va bularning barchasi nima bilan tugaganini bir eslab ko‘rsin”, — deb yozdi Kats X ijtimoiy tarmog‘ida. 28-iyul kuni kechqurun joylangan postga amaldagi Turkiya prezidenti va Iroq sobiq prezidentining yonma-yon turgan suratlari ilova qilingan.
Avvalroq Erdo‘g‘on Turkiya “o‘z vaqtida Liviyaga va Tog‘li Qorabog‘ga kirgani kabi” Isroilga ham kirishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. U, shuningdek, “buni qilmasligimiz uchun hech qanday sabab yo‘q”ligini aytdi.
Sharhlar