Pentagon: Ukraina AQSH quroli bilan butun Rossiya hududiga zarba berishi mumkin
Ukraina qurolli kuchlari AQSH tomonidan taqdim etilayotgan quroldan nafaqat Xarkov viloyati yaqinida, balki butun Rossiya hududi bo‘ylab joylashgan har qanday harbiy obyektlarga zarbalar berishda foydalanishi mumkin. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi, AQSH Harbiy-havo kuchlari general-mayori Patrik Rayder ma’lum qildi.
“Javobi o‘ti ochishga qodir bo‘lish — bu siyosat mana shunga qaratilgan… Rossiya qo‘shinlari chegara orqali o‘t ochayotganini ko‘rsak, Ukraina AQSH tomonidan taqdim etilgan o‘q-dorilardan foydalanib, ushbu quruqlik kuchlariga javob zarbasini berishi mumkin”, — dedi u. Rayder buni shu bilan asosladiki, ushbu holatda Ukraina armiyasi xatti-harakatlari “o‘z-o‘zini mudofaa qilish” bo‘lib hisoblanadi, “shu sababli ular bunday imkoniyatga ega bo‘lishi kerak”, dedi u.
Sharhlar