Saudiya Arabistoni haj davrida kuchli jazirama kutilayotgani haqida ogohlantirdi

Foto: islam.ru

Saudiya Arabistoni meteorologlari bu yilgi haj ziyorati davrida havo harorati 48 darajagacha ko‘tarilishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda, deb yozadi “Inbusiness.kz”.

Bu yil 14—19-iyun kunlariga to‘g‘ri keladigan haj davrida harorat Selsiy bo‘yicha 45—48 darajagacha ko‘tarilishi mumkin, namlik darajasi 25 foiz bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik ehtimoli esa nolga teng, deyiladi Saudiya Arabistoni meteorologiya markazi xabarida.

Shuningdek, ushbu davrda Makka va Madina shaharlarida o‘rtacha harorat 2023-yilga nisbatan 1,5-2 darajaga yuqori bo‘lishi aytilmoqda. Sinoptiklar 2,7-10 m/s rezlikdagi shamollar haqida ham ogohlantirmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.