Jazirama tufayli Afrika va Osiyoning bir qismi yashash uchun yaroqsiz holatga keladi — olimlar
Kelajakda yuz beradigan jazirama tufayli sayyoraning ba’zi hududlari yashash uchun xavfli bo‘lib qolishi mumkin. Bu haqda Amerikaning Perdyu universiteti olimlari ma’lum qildi, deb yozadi CNN. Global isish shiddat bilan yuz berayotgani tufayli, bunday xavfga eng moyil bo‘lgan hududlar qatoriga ekspertlar G‘arbiy Afrika va Janubiy Osiyoni kiritmoqda.
Modellashtirish va iqlim o‘zgarishlari haqidagi axborotga asoslangan tadqiqotlar natijasida olimlar shunday xulosaga keldiki, harorat va namlik asta-sekinlik bilan oshib borishi oqibatida dunyoning ayrim mintaqalarida insoniyat uchun xavfli yashash sharoitlari yuzaga keladi. Anomal issiq oqibatlari bilan to‘qnash kelish ehtimoli katta bo‘lgan hududlarga tadqiqotchilar aholi zichligi yuqori bo‘lgan va havoni konditsirlash (mo‘tadillashtirish) imkoniyati cheklangan mintaqalarni kiritmoqda.
Boyroq mamlakatlar, olimlar hisob-kitoblariga ko‘ra, yaxshiroq yashaydi, biroq global isish ularga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Ekstremal nam issiq havo o‘choqlari vaqt o‘tishi bilan AQSHning ba’zi hududlarida ham paydo bo‘ladi. “Bugun chidab bo‘lmayotgan jazirama yoz, katta ehtimol bilan kelajakda salqin tuyulishi mumkin. Hozir biz his qilayotgan issiq bizning foydamizga o‘zgarmaydi”, — deyiladi tadqiqotda.
Sharhlar