JCh-2026 saralash bosqichi: О‘zbekiston terma jamoasi Eron bilan durang o‘ynadi
О‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Eronga qarshi o‘yinni 0:0 hisobida yakunladi.
Eron 57-daqiqadan boshlab ozchilikda o‘ynadi. Salex Xardaniy qizil kartochka olib, o‘yindan chetlatildi. О‘zbekiston ustunlikdan foydalana olmadi va uchrashuv golsiz yakunlandi.
О‘yin yakuniga ko‘ra har ikki jamoa bittadan ochkoga ega bo‘ldi. Ayni paytda jamoalar yetti ochko bilan «A» guruhida birinchi va ikkinchi o‘rinlarda bormoqda.
Keyingi turda О‘zbekiston terma jamoasi BAA bilan maydonga tushadi. Uchrashuv 15-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da o‘tkaziladi.
Ulashish:
Sharhlar