Jerar Depardуe o‘zini yomon his qilgani uchun shilqimliklarda ayblov bo‘yicha sudni keyinga qoldirishni so‘radi

фото: lada.kz

Fransiyalik aktyor Jerar Deparde o‘zini yomon his qilgani uchun shilqimliklar bo‘yicha sud jarayonini boshqa sanaga ko‘chirishni so‘rab murojaat qilgan. Bu haqda advokat Jeremi Assusga tayanib The Guardian xabar beradi.

“Jerard Deparde nihoyatda tushkunlikka tushgan va afsuski, shifokorlari unga sud majlisida qatnashishni taqiqlashgan, shu bois u qatnasha olishi uchun sudni keyinroqqa qoldirishni so‘radi”, – dedi advokat.

75 yoshli Jerar Deparde dushanba kuni Parijdagi sudga borishi kerak edi. Ikki qurbon bor: sobiq yordamchi ayol va suratga olishda ishtirok etgan postanovkachi prodyuser ayol. Ayollarning so‘zlariga ko‘ra, ikkala voqea ham “Yashil panjaralar” filmining suratga olish maydonida sodir bo‘lgan.

Deparde bu ikkala ayblovni ham rad etadi. Advokatning aytishicha, da’vogar ayollar pul tovoni so‘rashmoqda. Agar aktyor aybdor deb topilsa, unga besh yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin.

Bundan tashqari, aktyorni yana bir sud jarayoni kutmoqda: avgust oyida Parij prokuraturasi aktyorga qarshi aktrisa Sharlotta Arnuni zo‘rlash aybi bilan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish sudga o‘tkazilishini talab qilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.