Joriy yilda Rossiyada ishlash uchun patentlar kamroq berildi

Ochiq manba

Rossiya Federatsiyada 2024-yilning to‘qqiz oyida viza rejimi mavjud mamlakatlardan kelgan migrantlar uchun mehnat ruxsatnomalari soni ko‘paydi, vizasiz mamlakatlardan kelganlar esa kamaydi.

Joriy yilning to‘qqiz oyida migrantlar uchun ruxsatnomalar soni 41 foizga oshib, 120,2 mingtaga yetdi, shu bilan birga, boshqarmaning aniqlik kiritishicha, yuqori malakali mutaxassislarga 34,9 mingta hujjat berilgan, bu 2023-yilga qaraganda 55 foizga ko‘p.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi to‘qqiz oyda berilgan patentlar soni 2024-yilda 1,7 milliondan 1,6 millionga kamayganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, 2024-yilda Rossiyadan chiqarib yuborilgan noqonuniy muhojirlar soni ikki baravar ko‘paygan bo‘lsa, 2023-yilda atigi 30 ming kishi mamlakatdan majburan chiqarib yuborilgan va joriy yilda bu raqam 60 mingga yetdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.