Jo Baydenning o‘g‘li Xanter sudda aybdor deb topildi
Hakamlik sudi AQSh prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Xanter Baydenni o‘qotar qurol sotib olayotganda giyohvand moddalarni iste’mol qilgani haqida yolg‘on gapirganlikda aybdor deb topdi.
Delaver shtatining hakamlik sudi seshanba kuni uch soat davomida kengashdi va Xanter Baydenni uchta ayblov bandi bo‘yicha aybdor deb topishga qaror qildi.
54 yoshli kichik Baydenga qo‘yilgan ayblovning mohiyati shundan iboratki, u 2018-yilda, bir necha yil oldin, giyohvand moddalarga ruju qo‘ygan paytida to‘pponcha sotib olayotganda buni yashirgan.
Bayden 25 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Ulashish:
Sharhlar