JSST Iordaniyani moxov kasalligidan xalos bo‘lgan birinchi mamlakat sifatida tan oldi
Iordaniya dunyoda moxov kasalligidan xoli deb rasman tan olingan birinchi davlat bo‘ldi, deb xabar beradi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) matbuot xizmati.
“Iordaniyaning ushbu qadimiy kasallikni yo‘q qilgani – sog‘liqni saqlashning tarixiy bosqichi va butun dunyo bo‘ylab moxov kasalligini yo‘q qilishdagi ulkan muvaffaqiyatdir”, – dedi JSSTning Janubi-Sharqiy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Sayma Vazed. U JSST Moxovga qarshi kurashish bo‘yicha global dasturini boshqaradi.
Moxov (Xansen kasalligi) – lepra mikobakteriyalari keltirib chiqaradigan surunkali yuqumli kasallik. Kasallik “teri, periferik nervlar, yuqori nafas yo‘llarining shilliq pardalari va ko‘zlarga ta’sir qiladi”. Agar davolanmasa, zarar doimiy bo‘lishi mumkin. Erta tashxis buning oldini oladi. Moxov bakteriyalari havodagi tomchilar orqali yuqadi.
Moxov qadimgi tsivilizatsiyalar davridan beri ma’lum bo‘lib, ularning vakillari kasallik haqida yozma manbalarda eslatib o‘tishgan.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda moxov 120 dan ortiq mamlakatlarda, asosan, Janubi-Sharqiy Osiyoda uchraydi. Har yili 200 mingdan ortiq moxov kasalligi qayd etiladi.
Sharhlar