JSST: Oropush bezgagi sayyohlar orqali keng tarqalishi mumkin
Keyingi oylarda jahon matbuotida Oropush bezgagi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Hatto iyul oyi so‘ngida bu tropik kasallikdan Braziliyada ikki ayol vafot etgani ma’lum qilindi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti esa mazkur xavfli infeksiya aholi va sayyohlar o‘rtasida keng tarqalishi hamda ko‘plab noxush holatlarni keltirib chiqarishi mumkinligidan xavotirda.
Chunki xastalik o‘choqlari odatda Markaziy va Janubiy Amerika mintaqalarida aniqlanayotgandi. Ammo, bu yil u Kuba, Italiya va Ispaniya kabi mamlakatlar bo‘ylab ham yoyildi.
Oropush bezgagi — Zika va Denge isititmalari singari kasalliklar oilasiga mansub virus. U infeksiya tashuvchi chivinlar chaqishi orqali yuqadi.
Xastalik yuqori tana harorati, bosh, mushaklar, qorin va bo‘g‘inlardagi og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, toshmalar, titroq kabi alomatlar bilan namoyon bo‘ladi. Hozircha bu virusga qarshi vaksinalar va alohida davolash kursi mavjud emas.
Sharhlar