Urush boshlanganidan buyon bir yil ichida G‘azo sektorida Isroil harbiylari 108 jurnalistni hibsga olgan
Falastinning Addameer huquqni himoya qilish guruhi ma’lum qilishicha, 2023-yil 7-oktabrdan buyon o‘tgan bir yil ichida isroillik harbiylar G‘azo sektorida va Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ida (Isroil nazorati ostida) jami 108 nafar jurnalistni qo‘lga olgan. Isroil qamoqxonalarida ayni paytda 58 nafar jurnalist saqlanmoqda, ularning olti nafari ayollardir.
16 jurnalist ma’muriy hibs ostida. Qamoqxonalarda saqlanayotganlarning umumiy soni esa 10 100 kishidan oshadi (Isroil va Iordan g‘arbiy qirg‘og‘idagi turmalarni ham hisobga olganda).
Avgust oxirida Falastin hukumati urush boshidan buyon G‘azoda 169 nafar jurnalist halok bo‘lganini ma’lum qilgandi. Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektorida halok bo‘lganlarning umumiy soni 41,8 ming kishiga yetgan, 97 mingdan ortiq odam esa yaralangan.
Sharhlar