Jurnalist Karlson Ukraina hatto G‘arb ko‘magida ham g‘alaba qozonolmasligini aytdi

Фото: Reuters

Amerikalik jurnalist Taker Karlson fikricha, Ukraina hatto G‘arb mamlakatlari ko‘magida ham Rossiya bilan nizoda g‘olib chiqa olmaydi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘iga joylangan videomurojaatida aytib o‘tdi, deb yozadi Kommersant.

Karlsonning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina harbiylari “yuz milliardlab dollar sarflab qo‘llab-quvvatlansa ham”, Rossiya armiyasini Sharqiy Ukraina hududlaridan siqib chiqarishga qodir emas. “Ukrainaning sanoat potensiali yo‘q, xuddi NATO va AQSHda ham bo‘lmagani kabi”, — dedi u.

Jurnalist qayd etishicha, Rossiya aholisi Ukrainanikidan 100 million kishiga ko‘p. Uning fikricha, G‘arb tomonidan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash davom etsa, nizo kuchayishi mumkin, shuningdek, “G‘arb iqtisodiyoti, ayniqsa, Germaniyaniki yanada degradatsiyalashadi”.

9-fevral kuni Taker Karlsonning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan intervyusi chiqdi. X ijtimoiy tarmog‘idagi rolik allaqachon 200 million martadan ko‘proq tomosha qilindi. Intervyudan so‘ng Karlson Rossiya prezidenti Ukrainadagi nizoni tugatib, murosa qilishga tayyorligi haqida fikr bildirdi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.