Kamala Xarrisning amerikaliklar orasidagi reytingi oshmoqda — OAV
New York Times gazetasi va Siena College tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 47 foizi vitse-prezident Kamala Xarrisga ovoz berishga tayyor, deb yozadi “Zakon.kz”. Uning raqibi, respublikachi Donald Trampga esa so‘rov ishtirokchilarining 48 foizi ovoz bermoqchi.
Bu ushbu gazeta tomonidan iyul oyining boshida, Baydenning muvaffaqiyatsiz chiqishidan keyin o‘tkazilgan so‘rovga taqqoslaganda ahamiyatli darajada o‘sish hisoblanadi, o‘shanda Tramp uni 6 foizga ortda qoldirgan edi.
Ta’kidlanishicha, so‘rovda qatnashgan erkaklarning ko‘pchiligi Trampga, ayollarning aksariyati esa Xarrisga ovoz berishni rejalashtirmoqda.
AQSH prezidenti lavozimiga saylovlar 5-noyabrga belgilangan.
Sharhlar