Kamala Xarris Donald Tramp bilan televizion munozarada g‘olib chiqdi

Фото: BBC

AQSh prezidentligiga nomzodlar – Kamala Xarris (Demokratik partiya) va Donald Tramp (Respublikachilar partiyasi) o‘rtasida Filadelfiyada o‘tkazilgan televizion munozara natijalariga ko‘ra, teletomoshabinlarning aksariyati Xarrisni g‘olib deb tan oldi.

AQShning bir qator media kompaniyalari buyurtmasi bo‘yicha 10-sentyabrda o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, respondentlarning 45 foizi Xarrisni afzal ko‘rgan bo‘lsa, 39 foizi Trampni tanlagan.

Bu natijalar teleduelni tomosha qilgan ro‘yxatga olingan saylovchilar javoblarini tahlil qilish asosida olingan. Shu bilan birga, so‘rovda qatnashganlarning 44 foizi amaldagi vitse-prezident Xarrisga salbiy munosabatda bo‘lsa, Oq uy sobiq rahbari Trampga nisbatan 51 foiz salbiy munosabat bildirgan.

Diqqatga sazovor jihati shundaki, bir jihatdan Donald Tramp Kamala Xarrisdan ancha o‘zib ketdi: respondentlarning 55 foizi Trampni iqtisodiy masalalarda ko‘proq malakali deb hisoblashlarini aytishdi. So‘ralganlarning atigi 35 foizi Xarrisni bu sohada ko‘proq malakali deb atadi.

Bundan tashqari, so‘rovda ishtirok etganlarning 82 foizi teleduel ularning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlaridagi ovoz berishlariga ta’sir qilmasligini ta’kidladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.