Kamala Xarris: Donald Tramp Ukrainani taslim qilish tarafdori
AQSh vitse-prezidenti va Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Kamala Xarris o’zining asosiy raqibi Donald Trampning Ukraina mojarosi bo’yicha pozitsiyasi salbiyligi ya’ni u mamlakatning taslim bo’lishini xohlashini aytdi. Xarris, shuningdek, Tramp AQShning xalqaro ishlardagi ishtirokini kamaytirishga intilayotganini taʼkidladi.
Michigan shtatida so’zlagan Xarris Trampning yondashuvi Ukrainani qo’llab-quvvatlashdan voz kechishga olib kelishini aytgan. Shuningdek, u Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan yetti marta uchrashganini ham qo’shimcha qilgan.
Kamala Xarris izolyatsionizm g’oyasiga qo’shilmasligini bildirdi, uning so’zlariga ko’ra, Tramp NATOdan chiqishini va ittifoqchilarni qo’llab-quvvatlashdan bosh tortishini va AQSh milliy xavfsizligini himoya qilmasligini ta’kidladi. Shuningdek, u Tramp dunyo yetakchilari, jumladan, diktatorlar va avtoritar hukmdorlar tomonidan manipulyatsiyaga moyil ekanligini qo‘shimcha qilgan.
Sharhlar