Kamala Xarris Eronni AQShning eng asosiy raqibi deb atadi
AQSh vitse-prezidenti va prezidentlikka nomzod Kamala Xarris yaqinda CBS News telekanaliga bergan intervyusida Eronni Qo‘shma Shtatlarning asosiy raqibi deb atadi.
“Menimcha, va bunisi aniq, xayolimga faqat Eron keladi”, – dedi Xarris AQShning asosiy dushmanlaridan qaysi biri eng asosiy, degan savolga.
Uning ta’kidlashicha, agar u 5-noyabrdagi saylovlarda g‘alaba qozonsa, Tehrondan kelayotgan yadroviy tahdidning oldini olish uning ustuvor vazifalaridan biriga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, Xarris avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bir tomonlama, Ukrainasiz uchrashish g‘oyasini rad etgan edi.
Ulashish:
Sharhlar