Kamala Xarris Trampni fashist deb bilishini aytdi
Vitse-prezident va AQSh prezidentligiga nomzod Kamala Xarris prezidentlik poygasidagi raqibi Donald Trampni fashist deb bilishini aytdi. U bu fikrini CNN telekanalida jonli efirda bildirdi.
Jurnalistdan Trampni fashist deb hisoblaysizmi, degan savoliga Xarris ijobiy javob berdi.
“Va menimcha, bu masalada uni eng yaxshi biladigan odamlarga ishonish kerak”, – dedi u.
Xarrisning so‘zlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyatida 2017-yildan 2021-yilgacha prezidentlik davrida ishlagan bir necha kishi “uni noloyiq va xavfli deb atagan”: “Ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri AQSh Konstitutsiyasini mensimasligini aytishgan. U boshqa hech qachon prezident bo’lmasligi kerak, dedilar.”
Xarris bu ma’lumotni unga kim aytganiga aniqlik kiritmadi.
Sharhlar