Kanada armiyasiga birinchi marta ayol kishi bosh qo‘mondon bo‘ldi
Kanada armiyasi bosh qo‘mondoni lavozimiga birinchi marta ayol kishi tayinlandi, deb yozadi “Zakon.kz”. Bu general Jenni Karinyan bo‘ldi.
Bundan tashqari, Karinyan Katta to‘qqizlik mamlakatlaridan birida armiyaga rahbar bo‘lgan ilk ayol kishiga ham aylandi. Tayinlov 18-iyul kuni amalga oshdi. Bu haqdagi xabarni Kanada Qurolli kuchlari e’lon qildi.
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bu kunni tarixiy kun deb, Karinyanning o‘zini esa kanadaliklar va butun dunyo uchun o‘rnak bo‘la oladigan shaxs deb atadi.
Jenni Karinyan Kanada Qurolli kuchlarining jangovar bo‘linmasiga qo‘mondonlik qilgan ilk ayol bo‘lgan. Xizmat safarlari chog‘ida u Iroq, Afg‘oniston, Suriya va Bosniyaga borgan. So‘nggi uch yil davomida u armiyada professional xulq va madaniyat bo‘limini boshqargan.
Sharhlar