Kanada mudofaa vaziri: Hozir Ukrainaga instruktorlarni yuborish vaqti emas
Kanada mudofaa vaziri Bill Blerning fikricha, G‘arb davlatlaridan harbiy instruktorlarning Ukrainaga yuborish uchun hali qulay sharoitlar shakllanmagan. Bu haqda u jurnalistlarga 17 iyun kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi, deb yozadi “Yevropeyskaya Pravda” Reuters agentligiga tayangan holda.
NATO mudofaa vazirlari yig‘ilishi qarorini sharhlar ekan, Bler alyans mamlakatlari Ukraina harbiylarining mashg‘ulotlarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi NATO missiyasini muhokama qilganini ta’kidladi.
“Hozir, mening fikrimcha, kanadalik instruktorlarni Ukrainaga joylashtirish uchun sharoit qulay emas. O‘ylaymanki, hozirda Ukrainada o‘quv missiyasini kengaytirish borasida tushunarli tashvish bor”, — deya qo‘shimcha qiladi u.
Kanada 2022-yil fevralida Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan oldin o‘z instruktorlarini Ukrainadan olib chiqdi. Ular hozirda Buyuk Britaniya va Polshada faoliyat yuritmoqda.
Sharhlar