Kasperskiy laboratoriyasi AQShni tark etadi
Kasperskiy laboratoriyasi mamlakatda virusga qarshi dasturlari va boshqa dasturlardan foydalanishni taqiqlovchi sanksiyalar, shuningdek, amerikalik kontragentlar bilan kelishuvlar imzolanishi sababli AQSh bozorini tark etmoqda, deb yozadi DW.
Kompaniya ushbu qonuniy talablarning oqibatlarini sinchkovlik bilan ko‘rib chiqdi va mamlakatda biznes yuritish uchun hech qanday istiqbol ko‘rmayotganini ta’kidlab, Qo‘shma Shtatlardagi faol faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi.
Shuningdek, kompaniyaning top-menejerlari, jumladan ijrochi direktor Andrey Tixonov, Rossiya va MDHdagi boshqaruvchi direktori Anna Kulashova va tijorat masalalari bo‘yicha direktor Igor Chekunov ham jazolandi.
AQSh Davlat departamenti sanksiyalarni “Kasperskiy laboratoriyasi” Rossiya rasmiylari nazorati ostida ekanligini, bu ularga maxfiy maʼlumotlarga kirish va kiberxavfsizlik choralarini chetlab oʻtish imkonini berishi mumkinligi bilan oqladi.
Sharhlar