Nepal poytaxtidan uchib chiqayotgan samolyot halokatga uchradi. Uning bortida 19 kishi bo‘lgan
Nepalning Saurya Airlines aviakompaniyasi samolyoti 24-iyul kuni Katmandu xalqaro aeroportida halokatga uchradi, deb yozadi Meduza.
Halokat uchib chiqish chog‘ida yuz bergan — layner uchish-qo‘nish yo‘lagidan chetga chiqib ketgan.
Samolyot Nepal poytaxtidan Pokxara shahriga parvoz qilishi kerak edi. Bortda ekipaj a’zolarini ham hisoblaganda 19 kishi bo‘lgan. Mahalliy OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot aviakompaniya xodimlarini olib ketayotgan edi.
Qutqaruvchilar voqea joyidan besh kishining jasadini chiqarib olgan. Layner kapitani kasalxonaga yetkazilgan.
Ulashish:
Sharhlar