Netanyaxu: “Eron katta xatosi uchun tovon to‘laydi”
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu 1-oktabr, seshanba kuni kechqurun Tehron Isroilga qariyb 200 ta ballistik raketa uchirgach, Eronga javob zarbasi berishga va’da berdi. Eron “bu katta xatosi uchun tovon to‘laydi”, dedi Netanyaxu.
“Biz o‘zimiz o‘rnatgan qoidalarga sodiq qolamiz: bizga kim hujum qilmasin, biz ham ularga hujum qilamiz. Bu biz “yomonlik o‘zagi”ga qarshi kurash olib borayotgan hamma joyda amal qiladi. Bu Iudeya va Samariya, G‘azo, Livan, Yaman, Suriya, shuningdek, Eronga ham tegishli”, — deya ta’kidladi bosh vazir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tehron tomonidan Isroil hududi yoppasiga o‘qqa tutilgach, Eron yadro va neft obyektlari Isroilning javob zarbalari nishoniga aylanishi mumkinligi haqida The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib xabar bergan edi.
Sharhlar