Rossiya va Xitoy o‘rtasida gaz narxi borasida kelishmovchilik yuzaga kelgan — FT
Rossiyaning “Sibir kuchi 2” gaz quvurini qurish bo‘yicha Xitoy bilan bitim tuzishga urinishlari narx siyosati va Pekin Moskvadan sotib olmoqchi bo‘lgan gaz hajmi borasidagi kelishmovchiliklar tufayli, boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Bu haqda Financial Times nashri muzokaralar borishidan xabardor bo‘lgan manbalarga tayanib xabar berdi.
Ularga ko‘ra, Xitoy “Sibir kuchi 2” orqali yetkazib berilayotgan gaz uchun Rossiyadagi yonilg‘ining ichki narxlariga yaqin narx to‘lamoqchi — ular davlat subsidiyalari tufayli belgilangan darajada saqlanib turgan bo‘lsa-da. Bundan tashqari, Pekin gaz quvurining quvvati ko‘taradigan yonilg‘i hajmining kichik qisminigina sotib olmoqchi.
Ushbu masaladagi ixtilof shunga olib keldiki, “Gazprom” boshqaruv va direktorlar kengashi raisi Aleksey Miller Rossiya prezidenti Vladimir Putinga uning 2024-yil mayida Xitoyga safarida hamrohlik qilmadi. Quvur bo‘yicha bitim Putin Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan muhokama qilgan uchta asosiy mavzudan bittasi bo‘lgan. Qolgan ikkita masala — Xitoy banklarining Rossiyadagi faolligini kuchaytirish haqidagi so‘rov va Pekinga Shveysariyada Ukraina bo‘yicha tinchlik konferensiyasiga beparvolik munosabatini bildirishga qaratilgan chaqiriqdan iborat bo‘lgan.
Sharhlar