Rossiyaning muz sinfida dunyodagi yagona ta’minot kemasida yong‘in yuz berdi, qurbonlar bor

Фото: РБК

Rossiyaning “Katerina Velikaya” ta’minot kemasida yong‘in yuz berdi, bir kishi halok bo‘lib, uch kishi kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda “RBK” Uzoq Sharq transport prokuraturasiga tayanib xabar bermoqda.

Yong‘in kema Vladivostokdagi “Dalzavod” Kemalarni ta’mirlash markazida bo‘lib turgan vaqtida mahalliy vaqt bilan 3:00 da (Toshkent vaqti bilan 7-aprel 22:00) sodir bo‘lgan.

Besh kishi qutqarib olingan, ularning uch nafari yong‘inning xavfli omillari ta’siridan jabrlangan.

Yong‘inni o‘chirish uchun 54 nafar o‘t o‘chiruvchi jalb qilindi. Yong‘in o‘chirilgan, FVV va prokuratura hodisa sabablarini o‘rganmoqda.

Ushbu kema 1,5 metrgacha qalinlikdagi Arktika muzliklarini yorib o‘tishga qodir bo‘lib, o‘z sinfida yagona hisoblanadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.