Keniyada soliqni isloh qilish rejalariga qarshi namoyishlar kuchaymoqda
Seshanba kuni politsiya kamida besh namoyishchini otib o‘ldirdi, parlament binosi esa alanga bilan qoplandi.
Namoyishchilar seshanba kuni Nayrobidagi politsiya kordonini yorib o‘tib, parlament binosiga kirishgan, keyin esa binoning bir qismiga o‘t qo‘yishgan.
Mamlakat prezidenti Uilyam Ruto seshanba oqshomida qilgan murojaatida “xavfli jinoyatchilarning mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligiga putur yetkazish bo‘yicha har qanday urinishlarini to‘xtatish” uchun barcha vositalarni ishga solishga va’da berdi.
Bir necha yangi soliqlarni joriy etish va amaldagi soliqlarni oshirishni o‘z ichiga olgan nomaqbul qonun loyihasiga qarshi namoyishlar bir necha kundan beri davom etmoqda. Ammo seshanba kuni qonunchilar o‘zgartirilgan qonun loyihasini qabul qilganda, namoyishlar jiddiy tartibsizliklarga aylangan.
Sharhlar