Ketma-ket 13 oy sayyoramizda rekord yuqori harorat hukmronlik qilmoqda
Sayyoramizda ketma-ket 13 oy davomida rekord darajadagi yuqori harorat kuzatilmoqda. Bu haqda Copernicus Yevropa iqlim xizmati hisobotida aytiladi. Iyun o‘ta issiq bo‘lib, 12 oylik seriyani to‘ldirdi. Dunyo sanoatdan oldingi davr haroratidan 1,5 daraja issiqroq bo‘ldi.
“Bu Parij kelishuvida belgilangan chegaraga yaqinlashayotganimiz va global harorat tez sur’atlar bilan ko‘tarilishda davom etayotgani haqida jiddiy ogohlantirishdir, – deydi Copernicus katta iqlimshunosi Nikolas Julyen Yevronyus telekanaliga bergan intervyusida.
1,5 daraja belgisi muhim ahamiyatga ega, chunki bu 2015-yilda Parij iqlim konferensiyasida dunyoning deyarli har bir mamlakati kelishilgan ruxsat etilgan isish chegarasidir. Vaholanki, olimlarning aytishicha, issiqlik 20-30 yil davom etganida, bu chegaradan o‘tish mumkin.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Yerda bir yildan ortiq davom etgan rekord darajadagi issiqlik to‘lqini tez orada tugashi mumkin, ammo u yaratgan iqlim betartibligi o‘z-o‘zidan yo‘qolmaydi.
Sharhlar