KXDRda kuchli yomg‘irlardan keyin Kim Chen In qutqaruv operatsiyasiga shaxsan rahbarlik qildi
28-iyul kuni KXDR yetakchisi Kim Chen In kuchli jaladan jabr ko‘rgan va toshqin ostida qolish xavfi bo‘lgan hududlar aholisini qutqarish va evakuatsiya qilish ishlariga rahbarlik qildi, deb yozadi “Zakon.kz”.
Mahalliy nashr xabariga ko‘ra, u Pxyonan-Pukto provinsiyasidagi Siniychju shahri va Ichju uyezdidagi tumanlarga borgan.
27-iyul kuni mamlakat shimolidagi hududlarda rekord darajada kuchli yomg‘irlar kuzatilgan, oqibatda Amnok daryosida suv sathi xavfli darajada ko‘tarilib ketgan. Toshqin xavfi bo‘lgan hududlarda besh mingdan ortiq aholi qamal ichida qolib ketgan.
KXDR yetakchisi joylarga partiya, hukumat va qurolli kuchlar idoralarining rahbar kadrlarini yuborishni buyurdi, shuningdek, Koreya xalq armiyasining 10 dan ortiq vertolyotlari va qutqaruv kemalari operatsiyaga jalb qilindi.
Bir kunda bor-yo‘g‘i olti soat ichida 4200 kishi qutqarilgani xabar berildi.
Sharhlar